ORTGA Sizning natijangiz 0%

Ota-ona farzandlarini boqish va tarbiyalashga majburmi?

09:25 - 09.04.2025
280

Albatta, ota-onalar farzandlarini boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Ota va ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.

Shaxs quyidagi hollarda to‘la muomalaga layoqatli deb topiladi:

  • voyaga yetganda (18 yoshga to‘lganda);
  • voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb toppish (emansipatsiya)
  • voyaga yetmagan shaxs qonuniy nikoh munosabatlariga kirishganda.

Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u etkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yichan javobgar bo‘lmaydilar.

Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.

Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.

Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada ta’lim olishini ta’minlashi shart.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.

Ota-ona o‘z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda, sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.

Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o‘z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas.

Chat