ORTGA Sizning natijangiz 0%

“Konstitutsiya ko‘chasi”ga marhamat!

11:53 - 27.12.2023
530

#Konstitutsiya_haftaligi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasi va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etiladi. 

Tadbir doirasida:

fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;

taniqli san'atkorlar ishtirokida gala-konsert, ko‘ngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi; 

sovrinli viktorinalar o‘tkaziladi;

sayyor qabullar tashkil etiladi.
 

Toshkent shahridagi tadbir “Sayilgoh” ko‘chasida 2023-yilning 5-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.

Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya ko‘chasi”da o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Chat