ORTGA Sizning natijangiz 0%

Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi

11:43 - 27.12.2023
516

#Adliya_tashabbus

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi va nashr qilindi.

Ushbu nashrlar O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati va boshqa tashkilotlar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga maqsadli yetkaziladi.

Bundan tashqari, barcha aholining Konstitutsiya normalari bilan qulay shaklda tanishishi uchun Konstitutsiya normalarining audio formati ham  tayyorlandi.

Konstitutsiya normalarini audio shaklda bu yerda tinglashingiz mumkin.

Chat