ORTGA Sizning natijangiz 0%

Bolalarni oilalarga tarbiyaga olish tartibi belgilandi

13:04 - 02.02.2023
1921

Hukumat qarori (451-son, 16.08.2022 y.) bilan Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi.

Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida bo‘lganlar hokimlikka ariza beradi.

Bunda nikohdan o‘tgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha fuqarolar tutingan ota-ona bo‘lishi mumkin.

Oilaviy tarbiyalash uchun tug‘ilganidan boshlab 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar beriladi.

10 yoshga to‘lgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ularning roziligi bilan berish mumkin.

Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin ko‘pi bilan 5 nafar bola beriladi.

Oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari Davlat byudjetidan qoplanadi.

Tutingan ota-onalarga har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bolalarga BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m), 8-18 yoshdagilar uchun BHMning 7 baravari (2,1 mln so‘m) miqdorida pul ajratiladi.

Chat