Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun, o‘yinlarni o‘ynang va ball yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimBolani yashash hududiga biriktirilgan maktabdan boshqa maktabga joylashtirish tartibi qanday?
Maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin. Buning tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi qarorida belgilab qo‘yilgan.
O‘quvchi o‘rniga nisbatan ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan maktablarda mikrohududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikrohududdan tashqaridan bolalar 1-sinfga har yili 1 – 15-avgust kunlari qabul qilinadi.
Ota-onalar yoki boshqa mas’ullar yuqoridagi muddatda bo‘sh joy bo‘lgan maktablarni my.gov.uz yoki my.maktab.uz portallari orqali tanlab ariza yuboradi.
Ariza 1 kunda ko‘rib chiqilib, bolani maktabga qabul qilish yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Bola maktabga qabul qilinsa, ota-onalar yoki boshqa mas’ullar uch ish kuni ichida bolaning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotnomani avvalgi maktabdan olib yangi maktabga topshiradi.
Bolani maktabga qabul qilish rad qilinsa, o‘zi biriktirilgan hududdagi maktabga yo‘naltiriladi.
Onlayn hujjat topshirmaydigan hududlarda, boshqa mikrohududdagi maktabga hujjat topshirish ota-onalar yoki boshqa mas’ullarning maktabga shaxsan borishlari orqali amalga oshiriladi.