Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun, o‘yinlarni o‘ynang va ball yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimTalaba va pedagoglarning farzandlari bog‘chalarga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi
Talaba va pedagoglar tomonidan farzandlarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish to‘g‘risida yuborilgan so‘rovnomalar imtiyozli ro‘yxatga kiritilishi belgilangan. Bundan tashqari, yana quyidagi toifadagi shaxslar mazkur ro‘yxatga kiritilgan:
— I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
— ko‘p bolali oilalarning bolalari;
— yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
— tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarning bolalari;
— «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan kam ta’minlangan hamda kambag‘al oilalarning bolalari;
— «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
— kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining bolalari;
— akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
— ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda ikki xil ro‘yxat yuritiladi: imtiyozli hamda umumiy ro‘yxat. Yuqoridagi toifadagi bolalarning farzandlari imtiyozli ro‘yxat asosida navbatga qo‘yilib, qolgan barcha bolalar umumiy ro‘yxat asosida navbatda turadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar imtiyozli ro‘yxatdan bitta so‘rovnoma va umumiy ro‘yxatdan bitta so‘rovnoma tarzida navbatma-navbat qabul qilinadi. Ya’ni imtiyozli ro‘yxatda faqatgina cheklangan toifadagi shaxslarning so‘rovnomalari mavjudligi sababli, navbat soni kamligi hisobiga, ularga muassasaga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma tezroq chiqarilishi mumkin.