ARTQA Siziń nátiyjeńiz 0%

Qaysi toifadagi shaxslar bola asrab olishi mumkin emas?

16:23 - 07.11.2024
102

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin.

Quyidagi shaxslarning farzand asrab olishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

- ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

- qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

- asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;

- farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;

- hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar (ro‘yxat batafsil);

- farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar.

 Farzandlikka olish sud tartibida hal qilinadi.

Vasiylik va homiylik organi ixtiyoridagi bolani farzandlikka olish uchun esa sudga borishdan avval, bir qator jarayonlardan o‘tish kerak.

1-bosqich – farzandlikka olish istagi bo‘lganlarni farzandlikka olishga nomzod sifatida ro‘yxatda kiritish

Mazkur ro‘yxatga kirish uchun vasiylik va homiylik organiga yaʼni tuman (shahar) hokimliklarining bolalar bo‘yicha shoʻbasiga quyidagi hujjatlar beriladi:

ariza (arizada shaxsning FIOsi, yashash joyi, nikohi, farzandlari bo‘lsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolani yoshi va jinsi ko‘rsatiladi);

pasport yoki ID-karta va uning nusxasi;

nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi yoki nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;

er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, boshqasining roziligi;

ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi ko‘rsatilgan yoki boshqa daromad manbalari to‘g‘risidagi maʼlumotnoma;

farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari maʼlumotnomalari);

sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida maʼlumotnoma;

turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Vasiylik va homiylik organlari 10 ish kunda hujjatlar va ariza beruvchining yashash holatini o‘rganib dalolatnoma tuzadi va yana 10 ish kunida ariza bergan shaxsning farzandlikka oluvchi bo‘lishiga oid xulosa tayyorlaydi.

Ariza bergan shaxs ro‘yxatga qo‘yilga unga ro‘yxatga qo‘yilganligiga oid hujjat beriladi, ariza rad etilsa uning asosi ko‘rsatilgan xulosa beriladi.

2-bosqich – bolani tanlash

Ro‘yxatga olinganlarga vasiylik va homiylik organi farzandlikka olish mumkin bo‘lgan bola to‘g‘risidagi maʼlumotni va bola yashaydigan joyda bolani ko‘rish uchun yo‘llanma beradi.

Farzandlikka olishga nomzodlar bola to‘g‘risida va uning qarindoshlari borligi haqidagi maʼlumotlarni olishi, bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin.

Chat