Yulduzchalar soni
02024
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun, o‘yinlarni o‘ynang va ball yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimBola chet elga ruxsatsiz olib chiqilishdan himoyalangan
O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risi»dagi Qonuniga ko‘ra har bir bola g‘ayri qonuniy ko‘chirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala bo‘yicha ota va ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaning yo‘qolganligi haqida tegishli organlarga darhol xabar berishlari shart.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamrohligida bo‘lmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish huquqiga ega. Bolani ota yoki ona yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, yaʼni ota-onaning, ular o‘rnini bosuvchi shaxsning bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani o‘z ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega bo‘lgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari chet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilishi bo‘yicha choralar ko‘radi. Ota-onasi bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga, bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalarga joylashtirish choralarini ko‘radi.
Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni qaytarish masalalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat ijro etish maqsadlari, shakllari va usullaridan qatʼi nazar, bolalarni g‘ayriqonuniy ko‘chirishning oldini olish, shuningdek ularni doimiy yashaydigan mamlakatiga qaytarish choralarini ko‘radi.