Yulduzchalar soni
02024
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun, o‘yinlarni o‘ynang va ball yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimBolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi
“Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-199-son, 29.05.2024-y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
- oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.
Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.
Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va er uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.