Yulduzchalar soni
02024
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun, o‘yinlarni o‘ynang va ball yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimOnkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi
“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-183-son, 21.05.2024-y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi, jumladan:
- 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;
- gemopoetik o‘zak hujayralari va suyak ko‘migi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;
- bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash.
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Markaz) etib qayta nomlandi.
Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi.
2024-yil 1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘limlarida, shuningdek, ular voyaga etgunlariga qadar ushbu kasallik bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.05.2024-yildagi PQ-183-sonli qarori