ARTQA Siziń nátiyjeńiz 0%

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

16:33 - 13.04.2024
658

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tushuntirish, bola huquqlari va Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targ‘ib qilishni olib boradi.

Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) o‘z vakolati doirasida bola huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarini qonun hujjatlariga tatbiq etishni hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qiladi.

  • Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi.
  • Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
  • Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
  • Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek, uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Vakilning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
  • Vakil Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘zining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mintaqaviy vakillariga ega bo‘ladi.

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vakil bilan kelishiladi.

Chat