Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun, o‘yinlarni o‘ynang va ball yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimYaponiyada bolalar uchun “birgalikda vasiylik” majburiy tartibda belgilanadi
Yaponiya parlamenti tomonidan 2024-yil 17-may kuni qabul qilingan qonunga asosan, 2026-yildan boshlab, ajrashgan ota-onalarga birgalikda vasiylik, hatto ota-onalardan biri bunga rozilik bildirmagan taqdirda ham belgilanadi.
Ushbu Qonunga ko‘ra, 1947-yildan beri amal qilib kelayotgan yagona vasiylik tizimi tubdan o‘zgartirilmoqda. Unga ko‘ra, endilikda ota-onalarning ikkalasi ham rozi bo‘lmasa ham — ya’ni biri qarshi bo‘lsa ham — oila sudi qaroriga binoan birgalikda vasiylik berilishi mumkin bo‘ladi.
Sud qarori uchun asos sifatida “bolaning manfaatlari” hisoblanadi. Endilikda, ota-ona nikohdan ajrashgan taqdirda, bolalarning asosiy manfaatlariga doir masalalarda ular birgalikda qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Bolaning qayerda ta’lim olishi, tibbiy muolajalar olishi va unga doir hujjatlarni rasmiylashtirish kabi masalalarda ota-onalar birgalikda qaror qabul qiladilar.
Bundan tashqari, ota-onalar bola ko‘chib o‘tishi, ta’lim yo‘nalishini tanlashi, pasport olishi yoki davolanishi kabi masalalarda oldindan maslahatlashishlari shart. Agar kelishuvga erishilmasa, ushbu masala sud tartibida hal etilishi belgilandi.
Shuningdek, endi ota-onalardan biri kundalik masalalarda mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqini saqlab qoladilar.