ORTGA Sizning natijangiz 0%

Maktabgacha ta’lim

Davlat bogʻchalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadilar.

Xususiy bogʻchalarga qabul qilish yoshi va tartibi ushbu bogʻchalar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Davlat bogʻchasiga bolani joylashtirish uchun yoʻllanma olish haqida anketani toʻldirish zarur. Anketani ikki xil usulda toʻldirish mumkin.

1. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish.

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da tegishli anketani toʻldirish.

Yoʻllanma olish uchun faqatgina tegishli soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Bunda faqatgina yoʻllanma olishda imtiyozlar mavjud boʻlsa tegishli hujjatlarning asl nusxalari koʻrsatiladi.

Quyidagi shaxslarga bolani bogʻchaga qoʻyishda imtiyozlar beriladi:

► I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

► ko‘p bolali oilalarning bolalari;

► etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

► «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;

► kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

► talabalar va pedagoglarning bolalari;

► akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

► ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Bunda mazkur roʻyxatdagi bolalarga bogʻchada boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlganda birinchi navbatda yoʻllanma beriladi.

Bogʻchaga berish haqida anketa toʻldirilayotganda tanlangan bogʻchada boʻsh oʻrin mavjud yoki mavjud emasligi avtomatik ravishda maʼlum boʻladi. Agar boʻsh oʻrin boʻlmasa bunda:

► boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan boshqa bogʻchani tanlash (yoʻllanma olish);

► boʻsh oʻrin boʻlganda yoʻllanma olish uchun navbatga kirish (bunda bir yoʻla ikkita bogʻchani tanlash mumkin);

► boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan boshqa bogʻchani tanlash (yoʻllanma olish) va boʻsh oʻrinlarga ega bogʻchaga navbatga qoʻyish mumkin.

Taqdim etgan anketada ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi yoʻllanmalar berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Boshqa asoslar boʻyicha yoʻllanma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yoʻllanma boʻsh joy paydo boʻlgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etiladi.

Yoʻllanma olingandan keyin 15 kun ichida bogʻchaga olib borilishi kerak. Ushbu muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan yoʻllanma qabul qilinmaydi.

Bola bogʻchaga yoʻllanma taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida qabul qilinadi.

Bolalarni bogʻchaga qabul qilish bepul amalga oshiriladi.

Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:

► Nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

► Eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

► Koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

Psixik rivojlanishda kechikayotgan  tarbiyalanuvchilar uchun;

Aqli zaif boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

Tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun.

Ixtisoslashtirilgan bogʻchaga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:

1. Nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► alaliya;

► bolalar afaziyasi;

► rinolaliya;

► dizartriya;

► duduqlanish;

2. Eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► I – IV guruh karlik;

► zaif eshituvchi bolalar;

3. Koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► koʻzi ojizlar;

► zaif koʻruvchi bolalar;

4. Psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► psixik rivojlanishining orqada qolishi;

► psixik-nutqiy rivojlanishining orqada qolishi;

► bolalar autizmi;

5. Aqliy rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► aqliy rivojlanishda orqada qolishning yengil darajasi;

► aqliy rivojlanishda orqada qolishning oʻrta darajasi;

6. Tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► ortopedik jarohatlarning asoratlari;

► idiopatik oʻzgarishlar (boʻyin, koʻkrak, umurtqa);

► skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz;

► koʻkrak qafasi deformatsiyasining ogʻir shakllari — girdobsimon koʻkrak qafasi, botiq koʻkrak qafasi, etikdoʻz koʻkrak qafasi, koʻkrak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (koʻkrak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operatsiyalar bundan mustasno);

► oyoqlar deformatsiyasining ogʻir shakllari — “X” simon, “O” simon qiyshayishi;

► tos-chanoq boʻgʻimining tugʻma nuqsonlari asoratlari (tos-chanoq boʻgʻimi sohasidagi ortopedik operatsiyalardan keyingi holat);

► tugʻma maymoqlik, tugʻma maymoqlikning operatsiyadan keyingi holati (nevrologik status asosida);

► tayanch-harakatlanish aʼzolari rivojlanish anomaliyalari (nevrologik status asosida);

► boʻgʻinlar rekurvatsiyasi;

► xondrodistrofiya;

► DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar;

► gemioparez, monoparez, plegiyalar.

Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:

- psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
- Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga oshiriladi.

Bolani tekshiruvdan o‘tkazish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- bolaning qonuniy vakili arizasi;

- bolaning qonuniy vakillari pasportining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi;

- bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi;

- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi;

- davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma, mutaxassislarning xulosalari bilan birga.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar qabul qilinmaydi:

ogʻir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;

- shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;

- tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;

- turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;

- asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;

- yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.

 

 

Bogʻchada oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda toʻldiriladi:
- 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan toʻliq kunlik guruhlarda — kamida 25 nafar, koʻpi bilan 30 nafar bola;
- bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda — kamida 15 nafar, koʻpi bilan 30 nafar bola;
- turli yoshdagi guruhlarda — kamida 20 nafar, koʻpi bilan 25 nafar bola;
- bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarda — koʻpi bilan 10 nafar bola.

Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha taʼlimga toʻliq jalb etilishini va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha taʼlim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini taʼminlashdan iborat.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
- bolaning qonuniy vakili arizasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma;
- bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma.

Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va koʻpi bilan 30 nafar bola bilan toʻldiriladi

Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni taʼminlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik koʻmaklashish, oʻziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega boʻlmagan bolalar bilan birga oʻqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, taʼlim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh koʻpi bilan 15 nafar bola bilan toʻldiriladi.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinishi mumkin.

Guruh tarbiyachisi ertalab bolalarni qabul qilib olgandan keyin, tarbiyalanuvchilarning sogʻligi guruh tarbiyachilari tomonidan hamshira nazoratida koʻrikdan oʻtkaziladi.

Bola bogʻchada boʻlgan vaqtda sogʻligʻining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda bogʻcha xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek uning ota-onasiga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi lozim.

Bola bogʻchada boʻlgan vaqtda ularni yolgʻiz va nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.

Bolalarni bogʻcha hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqish ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Bogʻchalarga hududiga kirish eshigiga qoʻngʻiroq oʻrnatilishi va guruhda mavjud boʻlgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini joylashtirishga moʻljallangan maxsus moslamalar devor yoki polga mahkamlab qoʻyilishi lozim.

► qoʻziqorinlar;

► qaynatilmagan sut;

► termitik ishlov berilmagan tvorog va smetana;

► suvda yashovchi qushlarning tuxumi va goʻshti;

► veterinar koʻrigidan oʻtkazilmagan goʻsht va baliq;

► uyda tayyorlangan yashil noʻxat, konserva mahsulotlari;

► qopqogʻida germetik buzilish alomati boʻlgan bankalardagi konserva mahsulotlari;

► ifloslanish va turli parazitlar bilan zararlanish alomati boʻlgan un, krupa, quruq mevalar;

► buzilish alomati boʻlgan sabzavotlar;

► achchiq ovqatlar, ziravorlar, ovqatga sunʼiy qoʻshimchalar;

► tarkibida sintetik aromatizatorlar, sunʼiy rang beruvchi vositalar qoʻshilgan mahsulotlar, xususan gazlangan ichimliklar, konditerlik mahsulotlari, saqich chips va boshqalar;

► tuzlangan sabzavot va mevalar;

► kulinar yogʻlar;

► yogʻ massasi 72 foizdan kam boʻlgan sariyogʻ;

► turli xil kolbasa, sosiska va sardelkalar;

► mayonez, murch, gorchitsa, xren, uksus, tabiiy kofe.

Bundan tashqari, bogʻchalarda toksik infeksiyalar paydo boʻlishini oldini olish maqsadida quyidagi ovqat mahsulotlarini ham tayyorlash yoki bolalarga berish taqiqlanadi:

► qolib ketgan ovqatlar;

► kvas;

► goʻshtli yoki tvorogli blinchik;

► tuxum aralashtirilgan makaron;

► flotcha makaron;

► qovurilgan tuxum;

► kremli konditerlik mahsulotlari;

► kremlar; mors; pashtet.

Bogʻchada bolaning rivojlanishi qoʻyidagi sohalar boʻyicha belgilanadi:

► jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi;

► ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

► nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari;

► bilish jarayonini rivojlanishi;

► ijodiy rivojlanish.

Bolani rivojlanishi Davlat talablari sohalarining yoʻnalishlari boʻyicha bajarilish indikatorlari bilan ushbu havola rqali tanishish mumkin.

Bogʻchalarni oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyorlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Bogʻchaga toʻlanadigan pul miqdori (2025-yil uchun) ushbu Jadvalda keltirilgan.

Bog‘chada to‘lovning bir kunlik qiymati bir oylik to‘lov miqdori shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.  
 

Agar bitta oiladan 2 va undan ortiq bolalar turli bog‘chalarga qatnasa, ota-onalar bir farzandi boradigan bog‘chaga ikkinchi farzandi boradigan bog‘chadan uning qatnashi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etishi lozim.

Bog‘chalarda to‘lovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda bog‘chaga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Bog‘chalarda to‘lovlar banklar (jamg‘arma kassalar) orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) to‘lanadi. Bunda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bog‘chaga taqdim etiladi.

Ota-onalar tomonidan to‘lovlarni belgilangan miqdorda va/yoki muddatlar o‘tgach 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmamlik bolaning bog‘chada bo‘lishini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.

Bog‘chaga amalga oshirilmagan to‘lov 60 kun ichida to‘lab berilganda, bolani tegishli bog‘chaga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat o‘tib ketgan taqdirda, bog‘chaga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bog‘chada bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi.

Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomaga va tegishli bog‘cha ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.

To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati har o‘quv yilining 25-sentabr kuniga qadar tasdiqlanadi.

Ro‘yxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.

To‘lovdan ozod qilingan bolalarning bog‘chaga qatnashi to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar mazkur zahiradan to‘ldirib boriladi.

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi:
- Nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish).
- Eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik).
- Ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalьm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar).
- Tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar tserebral falaji; meningoentsefalitga chalingandan keyin hamda tug‘ruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari).
- Psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning engil darajasi).
- Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).
- Sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Bunday bolalarni ozod qilish tegishli tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasiga asosan amalga oshiriladi.

Ta’lim olish har bir bolaning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘inidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya – ta’limning turlaridan biri etib belgilangan. Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega. Davlat har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqini kafolatlaydi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolani o‘qitish va tarbiyalashga, uni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, bolani umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolani boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham o‘z ichiga oladi.

Bunda, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan yosh chegarasi belgilangan bo‘lib, bolaning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to bolaga umumiy o‘rta ta’lim berish boshlangan paytga qadar (maktab yoshiga yetkuniga qadar) bo‘lgan yoshni o‘z ichiga oladi. Olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha ta’lim va tarbiya olishlari shart.

Bolaga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Bolaga maktabgacha ta’lim va tarbiya berishda xususiy bog‘chalarning ham o‘rni katta.

Xususiy bog‘chalarning ko‘payishi bu sohada raqobatning kuchayishiga hamda bolaning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga xizmat qiladi. Bilamizki, raqobat bo‘lgan joyda rivojlanish, yuksalish bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, maktabgacha taʼlim – bolaning bilim olish huquqini taʼminlashning muhim poydevoridir.

Asos: “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi

 

  • birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
     
  • maqbul o‘quv yuklamasini belgilash;
     
  • sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini targ‘ib qilish, shakllantirish va o‘rgatish;
     
  • sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
     
  • kun tartibiga rioya etish;
     
  • sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish;
     
  • jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish.

 

Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yoki tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi.

 

Sog‘liqni saqlash organlari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy ko‘rigini, ularning sog‘lig‘i holati monitoringini va tuzatilishini ta’minlaydi.

Chat