ORTGA
BOLA HUQUQLARINING QONUNIY KAFOLATLARI

Bola huquqlari qonuniy kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.

Bola huquqlari qonuniy kafolatlarining ko‘rinishlari

Bola huquqlari qonuniy kafolatlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • yashash huquqi;
  • individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi;
  • erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
  • himoyaga bo‘lgan huquqi;
  • oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi;
  • g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi;
  • o‘z fikrini ifoda etish huquqi;
  • axborot olish huquqi;
  • fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi;
  • xususiy mulkka bo‘lgan huquqi;
  • turar joyga bo‘lgan huquqi;
  • mehnat qilish huquqi;
  • dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi;
  • sog‘lig‘ini saqlash huquqi;
  • bilim olish huquqi.

Davlat zarur choralarni ko‘radi.

Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

  • Asosiy
  • O‘yinlar
  • Ta'lim
  • Media
  • Lokatsiya
  • Bo‘limlar
  • Saytga kirish
  • Huquqiy darsxonaKonstitutsiyaDavlat ramzlariXavfsiz bo'lay desangizSizning lug‘atVideogalereyaOlimpiadaYangiliklarQonunchilik hujjatlari va qo‘llanmalarOta-onalar va o'qituvchilar uchunImkoniyati cheklangan shaxslargaZo'ravonlikdan himoyalaningBolalar ta'limiLokatsiya

Tizimga kirish

Quyidagi tizimlar orqali kirish

yoki

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tishga yordam kerakmi?

Telegram orqali kirish

Yopish

+0