YO‘L NIMA?Yo‘l – bu qatnov uchun mo‘ljallangan joy. Avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi yashash joylarining ko‘chalari va yo‘lkalarini, shuningdek, shahar elektr transporti yo‘llarini o‘z ichiga oladi. PIYODA KIM?Piyoda transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan kishi. Velosiped, moped, motosikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironlar aravachasini yetaklagan odamlar ham piyoda hisoblanadi.
PIYODALAR YO‘LKASI QAYER?Piyodalar yo'lkasi bu - yoʻlning chap va oʻng tomonida piyodalar harakatlanishi uchun ajratilgan joy. Bu yerda faqat piyodalarning yurishiga ruxsat etiladi. Shunday joylar boʻlmasa, yoʻl chekkasidan yoki velosiped uchun ajratilgan yoʻlakdan yurish mumkin. BOLAJONLAR, BUNGA AMAL QILING!Jamoat transportlarini bekatlarda kuting, yoʻlning qatnov qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom toʻxtagandan soʻng chiqing. ALBATTA AMAL QILING!Jamoat transportiga orqa eshikdan chiqilib, old eshikdan tushiladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatlanayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang. KOʻCHA VA YOʻLLARDAN OʻTISHYoʻlning narigi tomoniga duch kelgan joydan oʻtish xavfli. Buning uchun yer osti va yer usti oʻtish joylari yoki piyodalar yo‘lakchasi mavjud. Agar bilmasangiz, yaxshilab eslab qoling, rasmdagi oq-qora yoʻl-yoʻl chiziqli, xuddi “zebra”ga oʻxshash o‘tish joyi – piyodalar yo‘lakchasi. SVETOFOR ISHORALARIQizil chiroq piyodaga nima deydi? “Toʻxta” Sariq chiroq piyodaga nima deydi? “Hozir koʻchadan oʻtishga ruxsat beriladi” Yashil chiroq piyodaga nima deydi? “Yoʻl ochiq” YODDA TUTING!Svetofor yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchi yoʻl noziri bor joylarda koʻchadan ishora (signal) boʻyicha oʻting. Yoʻl harakatini tartibga soluvchi yoki svetofor yoʻq joylarda yoʻlning qatnov qismini transportlarga xalaqit bermasdan, oʻzingizni erkin tutib, ikkilanmasdan kesib oʻting. BOLAJONLAR, BUNGA AMAL QILING!Yoʻlni kesib oʻtayotganda oʻzingizni erkin tutib, transport vositalari yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Telefon oʻynamang, quloqchin taqib olmang. UNUTMANG!Koʻchani kesib oʻtishdan oldin toʻxtab chapga qarang va transport vositasi boʻlmasa, oʻtishni boshlang. Yoʻlning oʻrtasiga borib oʻngga qarang. Agar yaqin masofada transport vositasi boʻlsa kutib turing, yoʻl boʻshagach harakatda davom eting. AMAL QILING!Avtobusga chiqqan zahoti oʻrtaga oʻtib oling, eshik oldida toʻxtab turmang. Keksa, nogiron va yosh bolali yoʻlovchilarga joy bering. Shovqin qilmang va baland ovozda soʻzlashmang. Haydovchini chalgʻitmang. Oynalardan boshingizni chiqarmang. Tushish bekatingiz yaqinlashib qolgan boʻlsa, hozirlik koʻring. METROGA KIRISHDAАylanma gʻov (turniket) orqali oʻtishda ehtiyot bo‘ling. Tabaqalarning zarb bilan yopilishi jarohatga olib kelishi mumkin. ESKALATORDAToʻxtab qolmang, tiqilinch holatni yuzaga keltirmang. Tezlik oshib ketsa yoki eskalator nosoz holatga kelsa, tezda nazoratchiga xabar bering. Tangalar va boshqa mayda jismlarni eskalatorga tashlamang. AVTOMOBILDAXavfsizlik kamarini taqib oling. Agar 12 yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, old oʻrindiqqa oʻtirmang. TEMIR YO‘LDAYurmang, oʻynamang, poyezdlar tagiga kirmang. Piyodalar koʻpriklari va oʻtish joylaridan foydalaning. Poyezda vagon oynalaridan boshingizni chiqarmang. Poyezd harakatlangan vaqtda tambur eshiklarini ochmang va sakrab tushmang. |