ORTGA
BOLANING MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARI

Konstitutsiyada mulkning daxlsizligi

Bosh Qomusimiz Konstitutsiyada mulkning daxlsizligi hamda har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi belgilab quyilgan. Bunda, bolalar ham ma’lum mulklarga ega bo‘lish orqali mulkdor bo‘lishga haqli hisoblanadi.

 

Bolaning mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishda bir nechta muhim jihatlar mavjud.

Birinchidan,

bolalar va ota-onalar o‘rtasida mulkdor bo‘lish huquqi cheklangan. Ya’ni, bolalar ota-onalari hayotligida ularning mol-mulkiga, ota-onalar esa, voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.

Ikkinchidan,

bolaning mulki ota-onaning mulkidan ajratilgan. Ya’ni ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan

foydalanishlari mumkin.

Uchinchidan,

ota-ona va bolalarning umumiy mulkinig mavjudligi. Ota-ona va o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Bunda, ota-ona

va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin.

To‘rtinchidan,

bolalar oilada xususiy mulkka ega bo‘lishi mumkin. Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga egadirlar. Bunda, bolalarning hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki,

shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Beshinchidan,

bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish ularning ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar orqali amalga oshiriladi.

Asos:

Oila kodeksi

“O‘zbekiston Respublikasida Mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 

  • Asosiy
  • O‘yinlar
  • Ta'lim
  • Media
  • Lokatsiya
  • Bo'limlar
  • Saytga kirish
  • Huquqiy darsxonaKonstitutsiyaDavlat ramzlariXavfsiz bo'lay desangizSizning lug‘atVideogalereyaOlimpiadaYangiliklarQonunchilik hujjatlari va qo‘llanmalarOta-onalar va o'qituvchilar uchunImkoniyati cheklangan shaxslargaZo'ravonlikdan himoyalaningBolalar ta'limiLokatsiya

Tizimga kirish

Quyidagi tizimlar orqali kirish

yoki

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tishga yordam kerakmi?

+0