Bolaning ismga bo‘lgan huquqiBolaning ismga bo‘lgan huquqi va uni o‘zgartirish uning eng muhim shaxsiy nomulkiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Bolaning ismga bo‘lgan huquqi va uni o‘zgartirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan bir nechta jihatlar mavjud.
Birinchidan, bola o‘ziing familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi va ularni amalga oshiradi. Bunda, bola qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa fuqarolar singari taxallusdan (to‘qilgan ismdan) foydalanish huquqiga ega. Ikkinchidan,bola qonunda belgilangan tartibda o‘zining ismini o‘zgartirishga haqli. Bolaning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi. Uchinchidan,bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda, ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola o‘n olti yoshga to‘lguncha bola manfaatlarini e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o‘zgartirishga haqlidir. To‘rtinchidan,agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va onaning (otaning) fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Beshinchidan,bola o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlari uchun uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli. Oltinchidan,o‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. |