Yashash huquqi -har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, bu hukuq qonun bilan muhofaza qilinadi. Yashash huquqi konstitutsiyaviy norma sifatida har bir insonning uzviy huquqi ekanligi Konstitutsiyamizda belgilab quyilgan.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda ham yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bolalarning hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi belgilangan.
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga egadir. Bolaning ota-onasiBolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi. Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) tushib qolgan bola o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan bolaga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga bolalar saqlanadigan joyning ma’muriyati tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi. Bunda, bolalar himoyachi bilan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz uchrashuv huquqiga ega. |