KonstitutsiyamizdaKonstitutsiyamizda har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Mazkur norma bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlarini amalda ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda, bolalar o‘zlarining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.
Yana bir muhum jihati bola xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz ishlash huquqiga ega. Bolalarni ishga qabul qilishdaBolalarni ishga qabul qilishda eng kichik yosh chegarasi belgilangan bo‘lib, ularni ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan boshlab yo‘l qo‘yiladi.
Ayrim holatlarda o‘n besh yoshdan boshlab bolalarni ishga qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda, bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun – ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilish mumkin. Bolaning mehnat qilish huquqiBolaning mehnat qilish huquqi kafolatlaridan biri sifatida uning yoshidan kelib chiqib, ish haftasining qisqartirilgan muddati belgilangan. Masalan:
o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ish vaqti haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim;
o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmasligi kerak. |