Bola o‘z fikrini ifoda qilishga haqlidirHar bir inson fikrlash va ularni ifodalash erkinligi huquqiga ega bo‘lib, bu huquq hech bir tusiqsiz o‘z fikriga ega bo‘lish erkinligini o‘z ichiga oladi. Har bir shaxsning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi Konstitutsiyada ham belgilab quyilgan.
Bolalar ham fikr va so‘z erkinligi huquqiga ega bo‘lib, oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga haqlidir.
Bola o‘z manfaatlariga taalluqli har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlash huquqiga ega. Bolalarning manfaatlarini himoya qilish maqsadidamansabdor shaxslar yoki qaror qabul qilish vakolati bo‘lgan organlar ham bolaning manfaatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni hal qilishda, bolaning yoshidan qat’i nazar uning fikrini ko‘rib chiqishi hamda uning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishi kerak.
Masalan, o‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga, ota-onalik huquqining tiklanishiga yoki farzandlikka olish faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bu ham bolaning erkin fikr bildirish huquqi hisoblanadi. Ayrim holatlarda,sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokamalar davrida bolaga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalar tekshirilayotganda sud bolani muhokama bo‘ladigan zaldan chiqarib turishga haqli.
Bunday hollarda, bola muhokama zaliga qaytarilganidan keyin unga yo‘qligida bo‘lib o‘tgan muhokama mazmuni yetarli hajmda va shaklda ma’lum qilinadi. |