ORTGA Sizning natijangiz 0%

Maktabgacha ta’lim

Davlat bogʻchalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadilar.

Xususiy bogʻchalarga qabul qilish yoshi va tartibi ushbu bogʻchalar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Davlat bogʻchasiga bolani joylashtirish uchun yoʻllanma olish haqida anketani toʻldirish zarur. Anketani ikki xil usulda toʻldirish mumkin.

1. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish.

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da tegishli anketani toʻldirish.

Yoʻllanma olish uchun faqatgina tegishli soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Bunda faqatgina yoʻllanma olishda imtiyozlar mavjud boʻlsa tegishli hujjatlarning asl nusxalari koʻrsatiladi.

Quyidagi shaxslarga bolani bogʻchaga qoʻyishda imtiyozlar beriladi:

► nogiron boʻlgan shaxslarning bolalari;

► uch nafar yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalarning bolalari;

► harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;

► talabalar va pedagoglarning bolalari;

► yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

► boshqa muassasalardan oʻtkazilgan bolalar;

► akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar.

Bunda mazkur roʻyxatdagi bolalarga bogʻchada boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlganda birinchi navbatda yoʻllanma beriladi.

Bogʻchaga berish haqida anketa toʻldirilayotganda tanlangan bogʻchada boʻsh oʻrin mavjud yoki mavjud emasligi avtomatik ravishda maʼlum boʻladi. Agar boʻsh oʻrin boʻlmasa bunda:

► boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan boshqa bogʻchani tanlash (yoʻllanma olish);

► boʻsh oʻrin boʻlganda yoʻllanma olish uchun navbatga kirish (bunda bir yoʻla ikkita bogʻchani tanlash mumkin);

► boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan boshqa bogʻchani tanlash (yoʻllanma olish) va boʻsh oʻrinlarga ega bogʻchaga navbatga qoʻyish mumkin.

Taqdim etgan anketada ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi yoʻllanmalar berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Boshqa asoslar boʻyicha yoʻllanma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yoʻllanma boʻsh joy paydo boʻlgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etiladi.

Yoʻllanma olingandan keyin 15 kun ichida bogʻchaga olib borilishi kerak. Ushbu muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan yoʻllanma qabul qilinmaydi.

Bola bogʻchaga yoʻllanma taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida qabul qilinadi.

Bolalarni bogʻchaga qabul qilish bepul amalga oshiriladi.

Quyidagi yoʻnalishdagi ixtisoslashtirilgan bogʻchalar mavjud:

► I tur: Nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bogʻcha;

► II tur: Eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bogʻcha;

► III tur: Koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bogʻcha;

► IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bogʻcha;

► V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bogʻcha;

► VI tur: Tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bogʻcha.

Ixtisoslashtirilgan bogʻchalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ixtisoslashtirilgan bogʻchaga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:

1. Nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► alaliya;

► bolalar afaziyasi;

► rinolaliya;

► dizartriya;

► duduqlanish;

2. Eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► I – IV guruh karlik;

► zaif eshituvchi bolalar;

3. Koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► koʻzi ojizlar;

► zaif koʻruvchi bolalar;

4. Psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► psixik rivojlanishining orqada qolishi;

► psixik-nutqiy rivojlanishining orqada qolishi;

► bolalar autizmi;

5. Aqliy rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► aqliy rivojlanishda orqada qolishning yengil darajasi;

► aqliy rivojlanishda orqada qolishning oʻrta darajasi;

6. Tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsonlar boʻlgan bolalar:

► ortopedik jarohatlarning asoratlari;

► idiopatik oʻzgarishlar (boʻyin, koʻkrak, umurtqa);

► skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz;

► koʻkrak qafasi deformatsiyasining ogʻir shakllari — girdobsimon koʻkrak qafasi, botiq koʻkrak qafasi, etikdoʻz koʻkrak qafasi, koʻkrak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (koʻkrak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operatsiyalar bundan mustasno);

► oyoqlar deformatsiyasining ogʻir shakllari — “X” simon, “O” simon qiyshayishi;

► tos-chanoq boʻgʻimining tugʻma nuqsonlari asoratlari (tos-chanoq boʻgʻimi sohasidagi ortopedik operatsiyalardan keyingi holat);

► tugʻma maymoqlik, tugʻma maymoqlikning operatsiyadan keyingi holati (nevrologik status asosida);

► tayanch-harakatlanish aʼzolari rivojlanish anomaliyalari (nevrologik status asosida);

► boʻgʻinlar rekurvatsiyasi;

► xondrodistrofiya;

► DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar;

► gemioparez, monoparez, plegiyalar.

Ixtisoslashtirilgan bogʻchaga bolalarni berish uchun tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarga murojaat etish lozim.

Bolani ixtisoslashtirilgan bogʻchaga berish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

onalarning arizasi;

► ota va onaning pasporti nusxalari (ikki nusxa);

► ota-onaning ish joyidan maʼlumotnoma (agar ishlasa);

► bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (ikki nusxa);

► bola umumiy tipdagi bogʻchaga qatnagan boʻlsa, uning jismoniy yoki psixik rivojlanishiga berilgan, muassasa mudir(as)ining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma asli va nusxasi;

► bolaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasi bosh vrachi tomonidan imzolangan va muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan mufassal tibbiy xulosa;

► yashash joyidan maʼlumotnoma.

Bunda tibbiy xulosa bolaning yashash joyidagi (propiska joyi emas) davolash-profilaktika muassasasida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.

Bolalar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya koʻrigidan tegishli hujjatlar qabul qilib olinganidan boshlab bir oy muddatda oʻtkaziladi.

Xulosa taqdim etish muddati: tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tibbiy koʻrik oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda bogʻchada joy boʻlsa xulosa, joy boʻlmaganda navbatga qoʻyish haqida qaror qabul qiladi. Xulosa bir hafta muddatda bogʻchaga taqdim etilishi lozim.

Bogʻchada oʻquv yili har yili 2-sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1-iyunida tugallanadi va yangi oʻquv yili boshlangunga qadar sogʻlomlashtirish davri davom ettiriladi.

Bogʻchada har bir guruhdagi bola soni meʼyori kamida 20 nafar boʻlishi, biroq 25 nafardan ortiq boʻlmasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan oʻtgan bolalar bilan toʻldirish oʻquv yili oxiridan yangi oʻquv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan toʻldirilishi oʻrinlar boʻshashiga qarab amalga oshiriladi.

Bogʻchada quyidagi qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi:

Rivojlantirish guruhi — soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq boʻlmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularni har tomonlama rivojlantirish, tengdoshlar va katta yoshli bolalar jamoasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi;

“Kelajakdagi oʻquvchi” guruhi — soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq boʻlmagan 5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi;

Integrallashgan guruh — soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq boʻlmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalarni jamiyatga moslashtirish, rivojlanishida ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalarga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularga taʼlim-tarbiya berish, ota-onalarni konsultativ-metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda sogʻlom bolalar bilan birgalikda uch nafardan ortiq boʻlmagan “ruhiy rivojlanishi sust” tashxisli bolalar ham yakka tartibdagi reja boʻyicha taʼlim oladi;

“Muammoli bola” guruhi — soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq boʻlmagan 4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar uchun ularga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, taʼlim jarayoniga jalb etish, ijtimoiy moslashtirish, bolalarni tarbiyalash va oʻqitishni tashkil etishda ota-onalarga yordam berish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda nogiron bolalar bilan birgalikda sogʻlom bolalar ham boʻlishi mumkin, nogiron bolalar (aqliy yetukligi saqlangan) soni 3 nafardan kam boʻlmasligi lozim.

Bogʻchalarda ota-onalar hohishiga asosan boshqa guruhlar (toʻgaraklar) ham tashkil etilishi mumkin.

Qisqa muddatli guruhlarda toʻlov bogʻcha va ota-onalar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Guruh tarbiyachisi ertalab bolalarni qabul qilib olgandan keyin, tarbiyalanuvchilarning sogʻligi guruh tarbiyachilari tomonidan hamshira nazoratida koʻrikdan oʻtkaziladi.

Bola bogʻchada boʻlgan vaqtda sogʻligʻining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda bogʻcha xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek uning ota-onasiga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi lozim.

Bola bogʻchada boʻlgan vaqtda ularni yolgʻiz va nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.

Bolalarni bogʻcha hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqish ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Bogʻchalarga hududiga kirish eshigiga qoʻngʻiroq oʻrnatilishi va guruhda mavjud boʻlgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini joylashtirishga moʻljallangan maxsus moslamalar devor yoki polga mahkamlab qoʻyilishi lozim.

► qoʻziqorinlar;

► qaynatilmagan sut;

► termitik ishlov berilmagan tvorog va smetana;

► suvda yashovchi qushlarning tuxumi va goʻshti;

► veterinar koʻrigidan oʻtkazilmagan goʻsht va baliq;

► uyda tayyorlangan yashil noʻxat, konserva mahsulotlari;

► qopqogʻida germetik buzilish alomati boʻlgan bankalardagi konserva mahsulotlari;

► ifloslanish va turli parazitlar bilan zararlanish alomati boʻlgan un, krupa, quruq mevalar;

► buzilish alomati boʻlgan sabzavotlar;

► achchiq ovqatlar, ziravorlar, ovqatga sunʼiy qoʻshimchalar;

► tarkibida sintetik aromatizatorlar, sunʼiy rang beruvchi vositalar qoʻshilgan mahsulotlar, xususan gazlangan ichimliklar, konditerlik mahsulotlari, saqich chips va boshqalar;

► tuzlangan sabzavot va mevalar;

► kulinar yogʻlar;

► yogʻ massasi 72 foizdan kam boʻlgan sariyogʻ;

► turli xil kolbasa, sosiska va sardelkalar;

► mayonez, murch, gorchitsa, xren, uksus, tabiiy kofe.

Bundan tashqari, bogʻchalarda toksik infeksiyalar paydo boʻlishini oldini olish maqsadida quyidagi ovqat mahsulotlarini ham tayyorlash yoki bolalarga berish taqiqlanadi:

► qolib ketgan ovqatlar;

► kvas;

► goʻshtli yoki tvorogli blinchik;

► tuxum aralashtirilgan makaron;

► flotcha makaron;

► qovurilgan tuxum;

► kremli konditerlik mahsulotlari;

► kremlar; mors; pashtet.

Bogʻchada bolaning rivojlanishi qoʻyidagi sohalar boʻyicha belgilanadi:

► jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi;

► ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

► nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari;

► bilish jarayonini rivojlanishi;

► ijodiy rivojlanish.

Bolani rivojlanishi Davlat talablari sohalarining yoʻnalishlari boʻyicha bajarilish indikatorlari bilan ushbu havola rqali tanishish mumkin.

Bogʻchalarni oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyorlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Bogʻchaga toʻlanadigan ota-onalar puli miqdori (2019-yil uchun) quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.

Bogʻchada toʻlovning bir kunlik qiymati bir oylik toʻlov miqdori shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.

Agar bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar turli bogʻchalarga qatnasa, ota-onalar bir farzandi boradigan bogʻchaga ikkinchi farzandi boradigan bogʻchadan uning qatnashi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishi lozim.

Bogʻchalarda toʻlovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan toʻlanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida toʻlanadi. Bunda toʻlovlar bolaning shu oyda bogʻchaga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda toʻlanadi.

Bogʻchalarda toʻlovlar banklar (jamgʻarma kassalar) orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul oʻtkazish yoʻli bilan) toʻlanadi. Bunda toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bogʻchaga taqdim etiladi.

Ota-onalar tomonidan toʻlovlarni belgilangan miqdorda va/yoki muddatlar oʻtgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmamlik bolaning bogʻchada boʻlishini toʻxtatish uchun asos boʻladi.

Bogʻchaga amalga oshirilmagan toʻlov 60 kun ichida toʻlab berilganda, bolani tegishli bogʻchaga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat oʻtib ketgan taqdirda, bogʻchaga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli, shuningdek boshqa sabablarga koʻra bola bogʻchaga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.

Bolaning yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bolaning bogʻchaga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.

Ota-onalardan birining boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola bogʻchaga kelmaslik holatlari boʻyicha ota-onalardan biri sababi koʻrsatilgan holda bogʻcha rahbariyati nomiga oldindan ariza yozishi shart (aks holda toʻlov toʻliq undiriladi).

Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida bogʻchaga bola taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.

Bogʻchada bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi.

Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek oʻrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomaga va tegishli bogʻcha ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.

Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati har oʻquv yilining 25-sentyabr kuniga qadar tasdiqlanadi.

Roʻyxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam taʼminlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.

Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning bogʻchaga qatnashi toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar mazkur zaxiradan toʻldirib boriladi.

 Nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish).

► Eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik).

 Koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlar, bir koʻzi soqqasi yoʻqligi (anoftalm), ambliopiya va gʻilay boʻlgan zaif koʻradiganlar).

► Tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqa, boʻgʻimlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish aʼzosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tugʻruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish aʼzolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari).

► Psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi).

► Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).

 Sil kasalligining ilk koʻrinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xoʻjalikdan) boʻlib aloqada boʻlganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Bunday bolalarni ozod qilish tegishli tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasiga asosan amalga oshiriladi.