ORTGA Sizning natijangiz 0%


Loyiha haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq,  bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “bolahuquqi.uzBola huququlari portali” – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy, mantiqiy, koʻngilochar-interaktiv portal ishlab chiqildi.

Bola huquqlari portali 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga hamda ota-onalarga moʻljallangan boʻlib, unda bola oʻrganishi va odatlanishi kerak boʻlgan boshlangʻich huquqiy koʻnikmalar, maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi, salomatlik, yoʻl harakati, odob-axloq, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha elementar tartib-qoidalar, Konstitutsiya, bola huquqiga oid hujjatlar haqida maʼlumotlar sodda tilda taqdim etilgan.

Koʻngilochar-interaktiv oʻyinlar, mantiqiy topshiriqlar, testlar bolalar huquqiy bilimlarining oshishiga imkon beradi.

Boshqacha qilib aytganda, oʻgʻil-qizlarning huquqiy saviyasi yuksaladi va ular mazkur saytdan foydalanish barobarida oilada, bogʻcha, maktabda, umuman, jamoat joylarida oʻzini qanday tutish, nimalarga eʼtibor berish kerakligi jihatdan bilimlarini boyitadi, huquqiy savodxonlik darajasini mustahkamlaydi.

Mazkur portal O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyunda ishga tushirilgan.