BOLA HUQUQLARI TOʻGʻRISIDA KONVENSIYABirlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan. 1990-yilda kuchga kirgan. 54 modda va Muqaddimadan iborat. Konvensiya bola huquqlarini batafsil tartibga soladi. ![]() KONVENSIYAbolalarga shafqatsiz muomalada boʻlish, ularni kamsitishni taqiqlaydi. Oʻzbekiston ushbu konvensiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilib, undagi barcha qoidalarga rioya qilish boʻyicha xalqaro majburiyatlarni olgan. ![]() UNICEFBirlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1946-yil 11-dekabrda, Ikkinchi jahon urushi natijasida vayron boʻlgan mamlakatlardagi bolalarni va ularning onalarini shoshilinch oziq-ovqat va tibbiy xizmat bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. UNICEF (United Nations International Childrenʻs Emergency Fund) – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar shoshilinch jamgʻarmasidir. ![]() HAMKORLIKOʻzbekiston va UNICEF oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Asosiy bitim 1994-yil 19-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan. Tashkilotning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi 1994-yil 1-mart kuni ochilgan. ![]() Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqlarining qonuniy kafolatlariHar bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetguncha qonunga muvofiq to‘la muomalaga layoqatli deb e’tirof etilgan (emansipatsiya) bola o‘z huquqlarini, shu jumladan himoyaga bo‘lgan huquqini mustaqil amalga oshirishga hamda majburiyatlarini mustaqil bajarishga haqlidir. Bola ota-ona va ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 241-moddasiga asosan, bolalar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga, 14 yoshdan boshlab esa mustaqil ravishda sudga murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganidan, undan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishlari shart. Shunday ma’lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shart. Bundan tashqari, bolalarning huquqlarini himoya qilishga vasiylik va homiylik organlari bilan bir qatorda ichki ishlar organlari, prokuratura organlari hamda Bolalar ombudsmani to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’ul hisoblanadi. ![]() VOYAGA YETMAGANLARNING XUSUSIY MULKIVoyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga egadirlar. Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shgan mablag‘i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo‘lmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi. ![]() DAM OLISHDam olish ham xuddi bilim olish kabi huquqingizdir. Har bir bola dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqqa ega. Oʻqish va mashgʻulotlardan boʻsh vaqtingizni mazmunli oʻtkazish uchun ota-onangiz, davlat zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi. MUHIM SANALAR1-yanvar – Yangi yil 8-mart – Xotin-qizlar kuni 21-mart – Navroʻz bayrami 9-may – Xotira va qadrlash kuni 1-sentyabr – Mustaqillik kuni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni Roʻza va Qurbon hayit bayramining birinchi kuni dam olish kunlari hisoblanadi. Bayram kunlari dam olishingiz mumkin TA’TIL KUNLARIOʻquv yili davomida quyidagi taʼtillar beriladi. Kuzgi taʼtil – 4-noyabrdan boshlab 6 kun Qishki taʼtil – 28-dekabrdan boshlab 14 kun Bahorgi taʼtil – 21-martdan boshlab 7 kun Yozgi taʼtil – oʻquv yili tugagan kundan boshlab 1-sentyabrgacha davom etadi. 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil beriladi. TIBBIY PARVARISHHar bir bola sogʻligʻini saqlash huquqiga ega. Siz uchun bepul tibbiy yordam koʻrsatiladi. TA’LIM OLISH HUQUQIHar kim bilim olish huquqiga ega. Bu huquq bosh qomusimiz – Konstitutsiyamizning 41-moddasida ham belgilab qoʻyilgan. Unda yana: “Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi” deyilgan. Yaʼni, maktab va kollejlarda oʻqish uchun pul toʻlamaysiz. Esda tuting, maktab ishlari davlat nazoratida. FARZANDINGIZNI BOG'CHAGA JOYLASHTIRMOQCHIMISIZ?Davlat bog‘chasiga bolani joylashtirish uchun yo‘llanma olish haqida anketani to‘ldirish zarur. Anketani 2 xil usulda to‘ldirish mumkin.
![]() Bolalar uchun xavfsizlik qoidalariBolalar uchun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Bolalar uchun xavfsizlik qoidalari" amaliy qo'llanmasi havola etiladi. Ushbu qo'llanmaning mundarijasida olti “yo‘q” qoidasi, notanish inson, ko‘chada, yo‘lda va jamoatchilik transportida, metroda, ko‘p qavatli uylar yo‘lagida, velosipedlar va roliklar uchayotganda, olomon orasida, jinoyatga aralashib qolmaslik uchun, uyda, yong‘in xavfsizligi, internet xavfsizligi, ota-onalarga eslatma, kerakli telefon raqamlari kabi mavzular mavjud. |